Zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy mustaqilligi sari
Reabilitatsiya markazlaridagi ayollarga iqtisodiy mustaqillikka erishguncha tibbiy, huquqiy va ijtimoiy xizmatlar.
- Davri
- 2025–2026
- Buyurtmachi
- Davlat ijtimoiy buyurtmasi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy xizmatlar agentligi
- Miqdori
- 3 800 000 000 so‘m

Zo‘ravonlikdan jabrlangan va reabilitatsiya hamda moslashtirish markazlarining vaqtinchalik boshpanalarida yashayotgan ayollar ko‘pincha yillar davomida tibbiy kuzatuvsiz, kasbsiz va daromadsiz qoladi.
Loyiha doirasida “DIALOG” ularning har biri uchun tibbiy, huquqiy va ijtimoiy xizmatlar majmuini tashkil etadi: kasbga yo‘naltirish, kasb o‘rgatish, ish bilan ta’minlash, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik va kuzatib borish — ijtimoiy-iqtisodiy mustaqillikka erishguncha.


