Loyihalar

Zo‘ravonlikka qarshi kurashYakunlangan

Zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishda ijtimoiy hamkorlik

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi va uning 14 hududdagi bo‘limlarini mustahkamlash: huquqshunoslar, ijtimoiy xodimlar va 25 000 ga yaqin kishiga yordam.

Davri
2023–2024
Buyurtmachi
Davlat ijtimoiy buyurtmasi — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

2023–2024-yillarda “DIALOG” “Zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishda ijtimoiy hamkorlik” davlat buyurtmasini amalga oshirdi.

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi va uning hududiy bo‘limlarining moddiy-texnik bazasi takomillashtirildi. Respublikaning barcha 14 hududidagi markazlarda huquqshunos va ijtimoiy xodimlar ish boshlab, aholiga ijtimoiy, psixologik, huquqiy, tibbiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatdi.

Boshqa loyihalar