Zaif guruhlar uchun tibbiy ko‘rikka kuzatib borish
Uzoq vaqt tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan insonlarni topamiz, ular bilan shifokorga boramiz va davolanish boshlanishini kuzatamiz.
- Davri
- Doimiy dastur

Zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar, doimiy uy-joyi yo‘q insonlar va stigmaga duch keladigan boshqa guruhlar ko‘pincha ishonchsizlik, qo‘rquv yoki axborot yetishmasligi sababli sog‘liqni saqlash tizimidan chetda qoladi.
Mahalla faollari, hududiy koordinatorlar va reabilitatsiya markazlari orqali “DIALOG” bunday insonlarni topadi, tekshiruvdan o‘tish zarurligi va tartibini tushunarli tilda tushuntiradi, navbat, hujjatlar va transport masalasida yordam beradi, natijalarga ko‘ra mutaxassis — ftiziatr yoki infeksionistga yo‘naltiradi va davolanish boshlanishini nazorat qiladi.
Tashxisi tasdiqlangan har bir insonga uch mutaxassis biriktiriladi: huquqshunos, psixolog va tibbiy kuzatuvchi. Xizmatlar sifati jamoatchilik monitoringi orqali kuzatib boriladi.


