Xalqaro hamkorlar bilan loyihalar
5 dan ortiq yirik loyiha: gender zo‘ravonligiga qarshi kurash, zaif guruhlarni qo‘llab-quvvatlash, qishloq ayollarini o‘qitish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish.
- Davri
- 2021-yildan

2021-yildan buyon “DIALOG” gender zo‘ravonligiga qarshi kurash, sog‘lig‘i uchun xavf yuqori va axborot hamda tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati cheklangan ijtimoiy va iqtisodiy zaif guruhlarni qo‘llab-quvvatlash, qishloq ayollarini o‘qitish va davlat xizmatlarini raqamlashtirish sohalarida beshdan ortiq yirik loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
Xalqaro hamkorlarimiz: Yevropa Ittifoqi, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), AQSh Tinchlik instituti, AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi, Sent-Endryus universiteti va Saferworld.


